DOLZARBLIK
Markaziy Osiyoda shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalari tizimli muammo hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, mintaqadagi urbanizatsiya jarayonlari barqaror shahar rivojlanishi tendensiyalari bilan hamohang emas.
Markaziy Osiyoning yirik shaharlarida hududlarning tartibsiz rivojlanishi kuzatilmoqda.
Tartibsiz urbanizatsiya natijalari qatoriga mehnat bozorlariga bosimning kuchayishi, muhandislik infratuzilmasining degradatsiyasi va iqlim o'zgarishi, tabiiy ofatlar va ekologik tahdidlarga kabilarni kiritsak mubolag'a bo'lmaydi. Masalan, Ostona, Olmaota, Bishkek, Dushanbe va Toshkent muntazam ravishda qishda havo sifatining yomonligi bo‘yicha jahon reytingida yetakchilik qiladi.
Mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, tabiiy-iqlim sharoitlari, madaniy va ruhiy xususiyatlarning o‘xshashligini hisobga olgan holda, Markaziy Osiyo mamlakatlari shaharlarni barqaror rivojlantirish va urbanizatsiya bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishda kuchlarni birlashtirishi mumkin.